Xabar berganimizdek, Tanlov komissiyasining qaroriga ko‘ra, test sinovlari joriy yilning 7-may kuni o‘tkazilishi belgilandi.
Test bosqichida ishtirok etadigan nomzodlar roʻyxati bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
Joriy yilning 7-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari hududlar kesimida belgilangan grafik asosida o‘tkaziladi. Nomzodlar hamda test sinovlari o‘tkaziladigan manzil va vaqt haqidagi maʼlumot bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
Nomzodlar hududlarda belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan test sinovlari joyiga yetib kelishlari so‘raladi.
Testda onlayn ishtirok etadigan nomzodlar esa Toshkent vaqti bilan 09:00 da Zoom platformasi orqali test sinovlarida ishtirok etadilar. Onlayn ishtirok etuvchi nomzodlarga Zoom havolasi onlayn platforma yoki elektron pochta manzillari orqali yuborildi.
Testga koʻrsatilgan vaqtga kelmagan (onlayn kirmagan) nomzodlar test bosqichidan chetlashtiriladi.
Belgilangan tartib va mezonlarga rioya qilmagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga o‘tkazilmaydi.
Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot Telegram boti
Upd: Nomzodlar tomonidan saralashning dastlabki bosqichi doirasida yuborilgan murojaatlar Texnik guruhi tomonidan oʻrganilib, asosli deb topilganlari qanoatlantirildi hamda test sinovlarida ishtirok etadigan va testdan ozod etilgan nomzodlar roʻyxati yangilandi.

