Tanlov komissiyasining qaroriga ko‘ra, “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovining test bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar uchun test sinovlari joriy yilning 7-may kuni o‘tkazilishi belgilandi. Qo‘shimcha maʼlumotlar (roʻyxat, manzili va vaqti) tez orada eʼlon qilinadi.
Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan va belgilangan muddatda xalqaro sertifikatlarni (SAT, GRE, GMAT yoki A-Level) taqdim etgan NOMZODLAR test sinovlaridan ozod qilinadi.

