“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi doirasida 2026-yil 3-apreldan 24-aprelgacha nomzodlarning hujjatlari jamgʻarmaning 24/7 rejimida onlayn platforma orqali yagona tartib va teng imkoniyatlar asosida qabul qilindi.
Tanlov komissiyasining Texnik guruhi tomonidan birinchi bosqich saralash jarayonida nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning Tanlov nizom talablariga muvofiqligi hamda hujjatlarni toʻliq taqdim etilganligi tegishli tartibda oʻrganildi va umumlashtirilgan holda Tanlov komissiyasiga taqdim etildi.
1-bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar roʻyxati bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
TANLOVNING 2-BOSQICHIGA TAVSIYA ETILGAN NOMZODLAR UCHUN ESLATMA
Bugungi kunda ish yoki oʻqish maqsadida xorijda boʻlib turgan nomzodlardan tanlovning 2-bosqichi — test jarayonlarida ONLAYN ishtirok etish uchun Jamgʻarmaning onlayn platformasida xorijdaligini tasdiqlovchi hujjatni yuklagan holda onlayn ishtirok shaklini tanlashi talab etiladi. Shuningdek, hujjatlarni review@eyuf.uz elektron pochtasiga yuborish mumkin.
Agar siz Oʻzbekistonda boʻlsangiz, test sinovlarida OFLAYN shaklda ishtirok etishingiz lozim.
Test shaklini Jamgʻarmaning onlayn platformasida 2026-yil 5-may soat 14:00 ga qadar tanlashingiz soʻraladi. Test shaklini tanlamagan nomzodlar avtomatik ravishda OFLAYN shaklda ishtirok etishadi.
Onlayn testda ishtirok etish istagini bildirgan xorijdagi nomzodlarga ruxsat berish masalasi Tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Stipendiya tanlovining ikkinchi bosqich — test sinovlari oʻtkaziladigan sana va joyi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda yaqin kunlarda eʼlon qilinadi.
Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot Telegram boti.

