2025-yil 5-may taʼlim siyosati doirasidan ancha yiroqqa chiqadigan institutsional oʻzgarishlarning boshlanish nuqtasi boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, “El-yurt umidi” jamgʻarmasining faoliyati kengaytirildi: qoʻshma taʼlim dasturlarini ishga tushirish, mamlakatimizda nufuzli oliy taʼlim muassasalarining filiallari va kampuslarini ochish, mahalliy taʼlim muassasalariga Xirsh-indeksi yuqori boʻlgan xorijiy professorlarni jalb qilish, davlat xizmatchilari uchun maqsadli amaliyotlarni tashkil etish kabi vazifalar kiritildi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 365 kun ichida taʼlimni moliyalashtirishdan mamlakatning strategik resursi sifatida inson kapitalini shakllantirishga oʻtish kabi keng qamrovli oʻzgarishni ifodalovchi transformatsiyani boshdan kechirdi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining bu davr mobaynidagi faoliyati qanday boʻldi?
- Tanlov jarayoni takomillashtirildi va shaffof, raqamlashtirilgan va inson omili kamaytirilgan tizimga aylandi. Asosiy urgʻu sifatli va maqsadli kadrlar tayyorlashga berildi.
2025-yilda 2 ta ochiq stipendiya tanlovlarida:
- 15 400 nafar nomzod platformada roʻyxatdan oʻtdi;
- 237 nafar gʻolib (163 bakalavr, 61 magistr, 13 PhD);
- 70%i – Top-100 universitetlar talabalari.
- Raqamli transformatsiyaga start berildi va natijada yaxlit raqamli ekotizimi shakllanmoqda.
- Nufuzli universitetlar bilan hamkorlikdan global bilim tarmoqlariga integratsiyalashuv jarayoniga oʻtmoqda.
- Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti bilan hamkorlikda 3 yilga moʻljallangan “Oksford Oʻzbekshunoslik dasturi” ishga tushirildi.
- “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Sukuba universiteti oʻrtasida “double-degree” qoʻshma dasturini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.
- Fransiyaning Milliy fuqarolik aviatsiya maktabi (ENAC), “Airbus” kompaniyasi hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Toshkent davlat transport universiteti oʻrtasida “2+2” formatidagi qoʻshma taʼlim dasturi boʻyicha rasmiy bitim imzolandi.
- Oʻzbekistonlik davlat xizmatchilari, stipendiatlar, olim va izlanuvchilar uchun BMT tizimida hamda Garvard universitetida maqsadli stajirovka dasturlarini tashkil qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
- Dunyoning 7 ta nufuzli universiteti bilan stipendiatlar uchun 50 % gacha chegirmalar taqdim etilishini nazarda tutuvchi kelishuvlar imzolandi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi faqat iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi emas. Bu davlat rahbarining Oʻzbekiston kelajagini jahon darajasidagi bilim va tajriba bilan qurollangan yoshlar qurishiga qaratilgan strategik loyihasidir.

