Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda onkologiya jarrohligi yoʻnalishida xalqaro stajirovka dasturi uchun tanlovi oʻtkazildi.
Tanlov natijalariga koʻra, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktorining 2026-yil 5-martdagi tegishli buyrugʻiga asosan, quyidagilar Fransiyada onkologiya jarrohligi yoʻnalishida tashkil etilayotgan stajirovka dasturi ishtirokchilari sifatida tasdiqlandi:
1. Doniyor Baxtiyorovich Izzatilloev – Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazining Buxoro filiali vrach-neyroxirurg;
2. Botir Zakirovich Muxamedov – “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasi torakoabdominal onkoxirurgiya boʻlim mudiri;
3. Muqaddas Toʻxtaboyevna Toʻxtaboyeva – Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali mammolog shifokori;
4. Orifjon Absamatillayevich Tolipov – Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi onkomammolog jarroh shifokori;
5. Muhabbat Paziljanovna Aminova – Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi onkomammolog jarroh shifokori.
Mazkur stajirovka Fransiyaning Milliy jarrohlik akademiyasi bilan hamkorlikda (The National Academy of Surgery) Parij va Strasburg shaharlarida joriy yilning 10-martidan 10-apreliga qadar oʻtkaziladi.

