“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi doirasida suhbat bosqichida ishtirok etish sanasi va shaklini oʻzgartirish boʻyicha nomzodlarning murojaatlari (12-may 18:00 ga qadar kelib tushgan) belgilangan tartibda Tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi va asoslantirilgan murojaatlar qanoatlantirildi.
Suhbat bosqichida ishtirok etish sanasi va shakli oʻzgartirilgan nomzodlar roʻyxati bilan HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
Suhbat uchun belgilangan kunga kelmagan (onlayn kirmagan) nomzodlar “suhbatdan o‘tmadi” deb e’tirof etiladi.
Suhbat jarayonlari OFLAYN shaklida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi binosida o‘tkaziladi.

