“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2026-yil birinchi ochiq stipendiya tanlovi doirasida nomzodlardan biri SAT xalqaro imtihoni natijalari va topshirish sanasi toʻgʻrisida soxta maʼlumot taqdim etgani aniqlandi. Oʻtkazilgan tekshiruv natijasida nomzod tanlovdan chetlatildi va uning ishtiroki bilan bogʻliq barcha natijalar bekor qilindi.

Xabar berilganidek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi xalqaro va ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorlikda tanlov doirasida taqdim etiladigan hujjatlarning haqqoniyligini tekshiradi. Xususan, til sertifikatlari, xalqaro imtihonlar natijalari, mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, xorijiy oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinganlik haqidagi hujjatlar tekshiruvdan oʻtkaziladi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ishtirokchilarni tanlov talablari va amaldagi qonunchilikka qatʼiy rioya qilishga chaqiradi.

