“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi doirasida Tanlov komissiyasining qaroriga ko‘ra, suhbat bosqichi joriy yilning 13-may – 4-iyun kunlari tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilishi belgilandi.
Mazkur bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar va ularning suhbat kunlari ro‘yxati hamda vaqtlari bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
Nomzodlardan suhbat jarayoniga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.
Bugungi kunda ish yoki o‘qish maqsadida xorijda bo‘lib turgan nomzodlar suhbat bosqichida ONLAYN shaklda ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun ular F.I.Sh. va xorijda ekanligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda, review@eyuf.uz elektron manziliga 12-may kuni 18:00 ga qadar murojaat yuborishlari lozim.
O‘zbekiston hududida bo‘lgan nomzodlar suhbatda faqat OFLAYN shaklda ishtirok etishlari shart.
Suhbat “El-yurt umidi” jamgʻarmasining istiqbolli kadrlarni xorijda maqsadli tayyorlashga qaratilgan taʼlim dasturlari boʻyicha ochiq stipendiya tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida NIZOMga muvofiq oʻtkaziladi.
Suhbat uchun belgilangan kunga kelmagan nomzodlar “suhbatdan o‘tmadi” deb e’tirof etiladi.
Suhbat jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi binosida o‘tkaziladi.
Suhbat vaqti o‘zgarishi ehtimolini inobatga olgan holda, belgilangan kunning to‘liq qismini suhbat jarayoniga ajratishingiz tavsiya etiladi.

