“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi doirasida test sinovlari natijalari e’lon qilinadi.
2026-yil 7-may kuni test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan mamlakatning barcha hududlarida hamda onlayn formatida o‘tkazildi.
Testlar nomzodlarning intellektual salohiyati, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyati hamda psixologik barqarorligini baholashga qaratildi.
Eslatib oʻtamiz, bakalavriat, magistratura va doktorantura taʼlim yoʻnalishi uchun IQ, tahliliy fikrlash hamda ilmiy-tadqiqot olib borish kompetensiyasi boʻyicha testlar uchun belgilangan eng yuqori — 100 balldan kamida 61 ball toʻplagan nomzodlar suhbat bosqichiga oʻtkaziladi.
Test sinovi natijalari bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
Nomzodlarning psixologik barqarorligini baholashga qaratilgan test natijalari suhbatlar o‘tkazish jarayonida tanlov komissiyasi tomonidan inobatga olinadi.
Test natijalaridan norozi nomzodlar 3 ish kuni ichida (13-may kuni 18:00 ga qadar) yozma yoki elektron tarzda Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin. Murojaatlar apellyatsiya@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Shikoyatlar 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va natijasi haqida murojaatchiga xabar beriladi.

