“El-yurt umidi” jamgʻarmasining ochiq stipendiya tanlovidagi test sinovlari spetsifikatsiyasi bilan havola orqali tanishingiz mumkin.
Talabgorlarning yoʻnalishlar boʻyicha bilimlari quyidagi tartibda baholanadi:
– Bakalavr: tahliliy fikrlash (20 ta savol), IQ (20 ta savol).
– Magistratura va doktorantura: tahliliy fikrlash (20 ta savol), ilmiy-tadqiqot olib borish kompetensiyasi (20 ta savol).
Test sinovlari oʻzbek tilida oʻtkaziladi.
Test uchun belgilangan eng yuqori 100 balldan kamida 61 ball olgan nomzodlar keyingi bosqichdagi suhbatga oʻtkaziladi.
Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot Telegram boti

