“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish uchun 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilindi.
2026/2027-oʻquv yili uchun nufuzli xorijiy universitetlarda ta’lim olish uchun 500 ta kvota ajratilgan. Shu jumladan:
– bakalavriat taʼlim dasturlari uchun 167 ta,
– magistratura uchun 232 ta,
– doktorantura uchun 38 ta,
– Prezident qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan — qoʻshimcha 63 ta kvota.
Xususan, ustuvorlik berilgan sohalar qatorida — muhandislik ishi (62 ta kvota), ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari (30 ta), arxitektura va qurilish (27 ta), axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sunʼiy intellekt (26 ta kvota), fizika va tabiiy fanlar (26 ta), sogʻliqni saqlash — magistratura va doktorantura (25 ta).
Hujjatlar maxsus onlayn platforma orqali 2026-yil 3-apreldan 24-aprelga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi.
Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot Telegram boti

