Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan xorijiy tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladigan stajirovkalarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizomga asosan Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda onkologiya jarrohligi yoʻnalishida xalqaro stajirovka dasturi uchun boʻsh qolgan 3 ta joyga qoʻshimcha tanlovni eʼlon qiladi.
Mazkur stajirovka Fransiyaning Milliy jarrohlik akademiyasi (The National Academy of Surgery) tomonidan Parij va Strasburg shaharlarida joriy yilning 8-martidan 10-apreliga qadar oʻtkaziladi.
Hujjatlar Jamgʻarmaning https://el-yurt.uz onlayn platformasi orqali 25-fevralga qadar (shu kuni ham 23:59 gacha) qabul qilinadi. Nomzodlar belgilangan muddatga qadar platforma orqali tegishli hujjatlarni yuborib, tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Nomzodlarga qoʻyiladigan asosiy talablar:
– Mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga egaligini tasdiqlovchi hujjat;
– Stajirovkadan keyingi 2-yil uchun ish rejasi (yoʻl xaritasi);
– Tashkilot rahbarining tavsiyanomasi;
– onkologiya sohasi boʻyicha kamida 2-yillik ish tajribasiga ega boʻlish, shu jumladan, oxirgi 12 oy davomida ushbu sohada ishlash.
Murojaat uchun: @eyufadmissionbot

