Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning sogʻliqni saqlash, taʼlim, qishloq xoʻjaligi va raqamli texnologiyalar sohalaridagi texnik hamkorlik, grant dasturlari va inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, tomonlar mutaxassislar uchun maqsadli stajirovka dasturlarini tashkil etish va ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi.


