“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati oʻqishini yuqori natijalar bilan yakunladi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Orol Imomov Buyuk Britaniyaning Stratklayd universitetining “Engineering Management for Process Excellence” (“Jarayon mukammalligi uchun muhandislik menejment”) yoʻnalishi boʻyicha magistraturani muvaffaqiyatli yakunladi.
Orol Imomov magistr darajasini va yuqori akademik koʻrsatkichlari uchun “Distinction” (imtiyozli) darajali diplomni qoʻlga kiritdi.
Bu yutuq Oʻzbekiston yosh mutaxassislarining yuksak salohiyatini va ularning xalqaro akademik maydondagi raqobatbardoshligini isbotlaydi.
Eslatib oʻtamiz, jamgʻarmaning yana ikki nafar stipendiati — Sanjar Tojiyev va Husniddin Xidirov ham Stratklayd universiteti magistraturasini imtiyozli (Distinction) diplom bilan tamomlagan edi.

