“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Toshkent davlat yuridik universiteti kichik ilmiy xodimi Munisa Rayimova Hindistonning Jodhpur milliy huquq universitetida oʻtkazilgan “Inson huquqlari nuqtai nazaridan bolalar huquqlarini oʻrganish” (Exploring Child Rights via the Lens of Human Rights) nomli ikki haftalik maxsus oʻquv dasturini muvaffaqiyatli yakunladi.
Dastur Hindiston Tashqi ishlar vazirligining Hindiston texnik va iqtisodiy hamkorlik (ITEC) tashabbusi doirasida tashkil etildi va dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilarni birlashtirdi.
Jadal kurs davomida Munisa Rayimova bolalar huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, inson huquqlarini himoya qilishning zamonaviy yondashuvlarini oʻrgandi, shuningdek, xalqaro akademik hamjamiyat vakillari bilan kasbiy munozaralarda qatnashdi va tajriba almashdi.
“Bu tajriba mening akademik va ilmiy dunyoqarashimni sezilarli darajada kengaytirdi. Olingan bilimlarni oʻqituvchilik va ilmiy faoliyatimda qoʻllayman,“ — dedi stipendiat.

