Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha stipendiya gʻoliblarining yakuniy roʻyxati tanlov yakunlangandan soʻng uzogʻi bilan bir oy muddat ichida Jamgʻarma Boshqaruv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi hamda eʼlon qilinadi.
Nizomga koʻra, Apellyatsiya komissiyasi qarori apellyatsiya jarayoni toʻliq yakunlangandan soʻng 3 (uch) ish kuni ichida Jamgʻarma Tanlov komissiyasi qarori apellyatsiya jarayoni toʻliq yakunlangandan soʻng 3 (uch) ish kuni ichida Jamgʻarma Tanlov komissiyasiga taqdim etiladi.
Test va suhbat natijalari Tanlov komissiyasining imtihon qaydnomasi bilan rasmiylashtiriladi hamda ularning umumlashtirilgan natijalari Jamgʻarmaning Boshqaruv kengashiga taqdim etiladi.
Maʼlumot uchun: 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichi yuzasidan apellyatsiya natijalari Apellyatsiya komissiyasi qaroriga asosan 2025-yil 27-dekabr kuni eʼlon qilingan.
2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi yakunlanganligi toʻgʻrisida qaror Tanlov komissiyasi tomonidan 2026-yil 5-yanvar kuni qabul qilingan.

