Shvetsiya instituti (Swedish Institute – SI) 2026/2027-oʻquv yili uchun Shvetsiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida taʼlim olish imkonini beruvchi SI Scholarship for Global Professionals dasturiga hujjatlar qabulini eʼlon qiladi.
Dastur doirasi 400 dan ortiq magistratura dasturlari quyidagi yoʻnalishlarni qamrab oladi:
- STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika)
- Jamoat salomatligi (Public Health)
- Davlat boshqaruvi (Governance)
- Tadbirkorlik va innovatsiyalar (Entrepreneurship & Innovation)
Kimlar uchun moʻljallangan?
Mazkur stipendiya:
- ish tajribasiga ega,
- yetakchilik salohiyatini namoyon etgan,
- oʻz sohasida yutuqlarga erishgan va barqaror rivojlanishga hissa qoʻshishga intiluvchi iqtidorli mutaxassislar uchun moʻljallangan.
Stipendiya imkoniyatlari:
- 1 yoki 2 yillik magistratura uchun toʻliq moliyalashtirish;
- Oʻqish (kontrakt) toʻlovi;
- Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya;
- Shvetsiyaga borish va qaytish uchun bir martalik aviatransport xarajatlari.
Ariza topshirish tartibi:
1-bosqich: magistratura dasturini tanlash
2-bosqich: Shvetsiya universitetlariga hujjat topshirish — Universityadmissions.se
Soʻnggi muddat: 15-yanvar 2026-yil
Eslatma: Stipendiyaga daʼvogarlik qilish uchun avval universitetga ariza topshirish majburiy.
3-bosqich: SI stipendiyasiga ariza topshirish.
Soʻnggi muddat: 9–25-fevral 2026-yil
Batafsil: https://si.se/en/apply/scholarships/swedish-institute-scholarships-for-global-professionals/

