“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi suhbat natijalari yuzasidan apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan nomzodlar diqqatiga!
Bugun, 22-dekabr kuni 18:00 da “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi suhbat natijalari yuzasidan yoʻllangan apellyatsiya arizalarining qabuli yakunlandi. Belgilangan muddatda kelib tushgan murojaatlar Apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqishga qabul qilindi.
Apellyatsiya jarayonlari 2025-yil 24–25-dekabr kunlari Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida oʻtkaziladi.
Ishtirok etish shakllari:
- Oflayn (Toshkent shahrida): apellyatsiyaga taklif etilgan nomzodlar oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni olib kelishlari shart.
- Onlayn (Zoom orqali): uzoq hududlarda istiqomat qiluvchi yoki chet elda boʻlgan nomzodlar apellyatsiyada masofadan turib ishtirok etishlari mumkin. Onlayn ulanish uchun havola ishtirokchilarning elektron pochtasiga yuboriladi.
Apellyatsiyaga taklif etilgan nomzodlar roʻyxati bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Manzil: 100066, Toshkent shahar, Islom Karimov koʻchasi, 45 (moʻljal: “Oʻzbekiston” metro bekati)

