“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichi natijalari eʼlon qilinadi.
Suhbat bosqichi uchun belgilangan eng yuqori 100 balldan kamida 61 ball toʻplagan nomzodlar “suhbatdan oʻtgan” deb eʼtirof etildi.
Tanlov komissiyasi tomonidan “suhbatdan oʻtgan” deb eʼtirof etilgan nomzodlar orasidan test va suhbat bosqichlarida toʻplangan ballar umumlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-77-son Farmoniga asosan, Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha stipendiya gʻoliblarining yakuniy roʻyxati tanlov yakunlangandan soʻng uzogʻi bilan bir oy muddat ichida Jamgʻarma Boshqaruv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi hamda eʼlon qilinadi.
Suhbat natijalari bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
___________
Suhbat natijalaridan norozi nomzodlar 22-dekabr soat 18:00 ga qadar Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin. Murojaatlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining apellyatsiya@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Murojaatda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi kerak:
- Nomzodning F.I.Sh.;
- Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami — JSHSHIR (PINFL);
- Suhbat oʻtkazilgan sana;
- Apellyatsiya uchun asos.
Shikoyatlar 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va natijasi haqida murojaatchiga xabar beriladi.
Tanlov jarayonining barcha bosqichlari boʻyicha nomzodlarning qayta suhbatdan oʻtishi, test topshirishi yoki yozma ish yozishiga ruxsat etilmaydi.

