“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida oʻtkazilgan test sinovlari natijalari yuzasidan belgilangan muddatda — 5-dekabr soat 18:00 ga qadar apellyatsiya@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali jami 25 ta apellyatsiya murojaati qabul qilindi.
Ushbu murojaatlar apellyatsiya komissiyasi tomonidan Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari hamda soha ekspertlari jalb qilgan holda oʻrganilib chiqildi. Oʻrganish natijasida murojaatlar asossiz deb topilib, apellyatsiya shikoyatlari qanoatlantirilmadi.

