2025-yil 3-dekabr kuni test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan mamlakatning barcha hududlarida hamda onlayn formatida o‘tkazildi.
Jarayon ochiqlik, shaffoflik va tenglik tamoyillari asosida tashkil etilib, testlar nomzodlarning intellektual salohiyati, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyati hamda psixologik barqarorligini baholashga qaratildi.
Test natijalaridan norozi nomzodlar 3 ish kuni ichida (5-dekabr soat 18:00 ga qadar) yozma yoki elektron tarzda Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin. Murojaatlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining apellyatsiya@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Shikoyatlar 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va natijasi haqida murojaatchiga xabar beriladi.

