“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida test sinovlarida ishtirok etish manzili va shaklini oʻzgartirish boʻyicha nomzodlarning murojaatlari (2-dekabr 14:00 ga qadar kelib tushgan) belgilangan tartibda Tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.
Test sinovlarida ishtirok etish manzillari va shakli oʻzgartirilgan nomzodlar roʻyxati bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
Hududini o‘zgartirgan nomzodlar uchun:
Toshkent shahrida, hududlarda va Qoraqalpogʻiston Respublikasida OFLAYN formatda test topshiradigan barcha nomzodlarga (bakalavriat, magistratura va doktorantura yoʻnalishlari boʻyicha) tegishli manzillarga soat 08:30 da yetib kelish tavsiya etiladi.
Testga koʻrsatilgan vaqtga kelmagan (onlayn kirmagan) nomzodlar test bosqichidan chetlashtiriladi.

