Ish yoki oʻqish maqsadida xorijda boʻlib turgan nomzodlardan tanlovning test bosqichida ONLAYN ishtirok etish uchun Jamgʻarmaning onlayn platformasida xorijdaligini tasdiqlovchi hujjatni yuklagan holda onlayn ishtirok shaklini tanlashi talab etiladi.
Nomzod xorijdaligini tasdiqlash uchun qanday hujjat(lar)ni (nusxasini) yuklashi mumkin?
- Hozirgi paytda xorijdagi universitetda oʻqishini tasdiqlovchi “Student ID”;
- Enrollment letter;
- Vizasidan nusxa;
- Xizmat safari buyrugʻi (qarori, farmoyishi nusxasi) — xizmat safarida boʻlganlar uchun;
- Aviachipta tasdiqnomasi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar.
Tasdiqlovchi hujjatlar (agar bittadan koʻp boʻlsa, bitta faylda) PDF formatida hajmi 5 Mb oshmagan shaklda yuklanishi soʻraladi.
Deadline: 1-dekabr 12:00 (Toshkent vaqti bilan).
Test shaklini tanlamagan nomzodlar avtomatik ravishda jarayonda OFLAYN shaklda ishtirok etadi.

