"El-yurt umidi" jamg‘armasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida 12-noyabrdan 26-noyabrga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) nomzodlarning hujjatlari 24/7 rejimida onlayn platforma orqali yagona tartib va teng imkoniyatlar asosida qabul qilindi. Jami platformada 6 mingdan ortiq shaxs ro‘yxatdan o‘tgan.
Texnik guruhi tomonidan birinchi bosqich — saralash jarayonida nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning Tanlov nizomi talablariga muvofiqligi hamda hujjatlarni to‘liq taqdim etilganligi tegishli tartibda o’rganiladi va umumlashtirilgan holda Tanlov komissiyasiga taqdim etiladi.
Tez kunlarda saralash bosqichi natijalari va 2-bosqich (test)ga tavsiya etilgan nomzodlar ro‘yxati e’lon qilinadi.

