Turkiyaga amalga oshirgan xizmat safari doirasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari Shuxrat Daminov mamlakatning eng yirik va nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblangan Anqara universiteti rahbariyati bilan uchrashdi.
Tomonlar taʼlim, ilm-fan va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, akademik mobillik dasturlarini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilar almashuvini tashkil etish, oʻzbekistonlik talabalar uchun amaliyot oʻtash imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish kabi masalalar koʻrib chiqildi.
Universitet rahbariyati Oʻzbekiston bilan hamkorlikni faol rivojlantirishga tayyor ekanligini maʼlum qildi va “El-yurt umidi” jamgʻarmasining ishtiroki talabalar hamda tadqiqotchilarning xalqaro taʼlim dasturlariga qoʻshilishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishini taʼkidladi.
Muzokaralar yakunida tomonlar aniq taʼlim loyihalar ustida ishlashni davom ettirish va yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan hamkorlik yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha kelishuvga erishdilar.

