“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish uchun 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilinadi.
Hujjatlar maxsus onlayn platforma orqali 2025-yil 12-noyabrdan 26-noyabrga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi: https://el-yurt.uz/
Tanlovga oid maʼlumotlar veb-sayt orqali eʼlon qilib boriladi.
Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot Telegram boti

