Yaqin kunlarda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi dunyoning nufuzli universitetlarida taʼlim olishga intilayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ikkinchi ochiq stipendiya tanlovi uchun arizalar qabulini boshlashni rejalashtirmoqda.
Yangi tanlov Jamgʻarmaning inson kapitaliga sarmoya kiritish va Oʻzbekiston taraqqiyotiga hissa qoʻsha oladigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha missiyasini amalga oshirishda navbatdagi muhim qadam boʻladi.
Tanlov muddatlari, shartlari va yoʻnalishlari haqidagi batafsil maʼlumot Boshqaruv kengashi qarori qabul qilinganligidan soʻng eʼlon qilinadi.
“El-yurt umidi” oilasining aʼzosi boʻlish imkoniyatini qoʻldan chiqarmaslik uchun rasmiy kanallarimiz va axborot manbalarimizni kuzatib boring.

