“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Politecnico di Torino (Italiya) universiteti magistratura bitiruvchisi Sardorbek Palvannazirov “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Sardorbek Palvannazirov bugungi kunda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Xalqaro tadqiqotlar markazi direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda. U maktab taʼlimi tizimida turli yoʻnalishlarda samarali faoliyat olib borgan.
Shuningdek, u ilmiy izlanishlarini davom ettirib, uchta metodik qoʻllanma, bitta oʻquv qoʻllanma hamda 10 taga yaqin ilmiy maqolalari mahalliy va xalqaro ilmiy nashrlarda chop ettirgan.
Mazkur mukofot mutaxassisning yurtimiz taʼlim sohasini rivojlantirish, inson kapitalini yuksaltirish hamda ilmiy-amaliy faoliyatdagi fidoyiligini eʼtirof etish sifatida topshirildi.

