“El-yurt umidi” stipendiati, Buyuk Britaniyaning Sheffield universiteti bitiruvchisi Shoira Alamonova Hindistonning Nyu-Dehli shahrida oʻtkazilgan Jahon savdo tashkiloti (JST)ning muayyan masalalari boʻyicha maxsus kursni muvaffaqiyatli yakunladi.
Dastur Jahon savdo tashkilotining qishloq xoʻjaligi (AoA), xizmatlar sohasi (GATS), intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari (TRIPS) va mintaqaviy savdo bitimlari (RTAs) boʻyicha asosiy masalalarni chuqur oʻrganishga qaratilgan edi.
Shoira Alamonova uchun ushbu kurs xalqaro iqtisodiy huquq sohasidagi kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish va ekspertlik malakasini shakllantirishda muhim qadam boʻldi.

