“El-yurt umidi” stipendiati, Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetida taʼlim olayotgan Samirbek Rashidov Markaziy Osiyo prezident raisi etib saylandi.
Jamiyatning maqsadi universitet talabalarida Markaziy Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistonning boy tarixi va madaniyati haqida chuqurroq tushuncha shakllantirishdir. Ayniqsa, jahon sivilizatsiyasining durdonalari hisoblangan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Samirbek oʻz faoliyatining dastlabki kunlaridayoq yoshlar bilan birgalikda bir qator tashabbuslarni, jumladan, Arturs-Sit choʻqqisiga ramziy yurish uyushtirdi. Turli mamlakatlaridan kelgan talabalar milliy bayroqlarini koʻtarib togʻga chiqib, shu orqali madaniy merosga hamda oʻzaro birlikka sodiqliklarini namoyon etishdi.
Samirbek Rashidovning jamiyatiga prezident etib saylanishi nafaqat uning yetakchilik qobiliyatlarining eʼtirofi, balki xalqaro akademik maydonda Oʻzbekistonning ijobiy qiyofasini ilgari surish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi. Bu muvaffaqiyat “El-yurt umidi” jamgʻarmasining global taʼlim va madaniy makonda mamlakatni munosib tarzda namoyish eta oladigan yosh yetakchilarni tayyorlash boʻyicha strategik vazifasini aks ettiradi.

