2025-yil 8-sentyabr kuni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi rahbariyati AQShning nufuzli notijorat xayriya tashkilotlaridan biri boʻlgan The Stirling Foundation vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tomonlar Oʻzbekiston va AQSH professorlari, tadqiqotchilari hamda talabalari oʻrtasidagi akademik almashinuvni rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma dastur yaratish jihatlarini muhokama qildilar.

Muloqot davomida tomonlarga jamgʻarma faoliyati, yangi ish yoʻnalishlari va ustuvor vazifalar haqida batafsil maʼlumot berildi. The Stirling Foundation vakillari amalga oshirilayotgan tashabbuslar koʻlamini yuqori baholab, bir qator sohalarda samarali hamkorlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar taʼlim loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, tajriba almashishni kengaytirish va institutsional darajada hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishni davom ettirishga kelishib oldilar. Ushbu hamkorlik har ikki tomon manfaatlariga mos keladigan keng qamrovli dasturlarni amalga oshirish uchun istiqbollar ochishi qayd etildi.

