“El-yurt umidi” jamgʻarmasi rahbariyati UNESCOning Oʻzbekistondagi vakili Sara Noshadi bilan uchrashdi.
Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini va mamlakatda taʼlim sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma dasturlarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qildilar.

Muloqot davomida Sara Noshadi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan kadrlar tayyorlash va taʼlim tashabbuslarini amalga oshirishda qoʻllanilayotgan tajriba va amaliyotlar nafaqat Oʻzbekiston uchun, balki xalqaro miqyosda ham yuqori dolzarblikka ega ekanligini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar maktab oʻqituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan qoʻshma dasturlarni ishlab chiqish maqsadida hamkorlik mexanizmlarini belgilab oldilar.
xemptyz

