“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vazirliklar va idoralar hamda xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlikni rivojlantirmoqda.
Toshkentda oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlarining taqdirlashga bagʻishlangan xalqaro forum doirasida akademik aloqalarni mustahkamlash va oʻzbekistonlik yoshlarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlashga katta hissa qoʻshgan hamkorlarga — vazirliklar, davlat idoralari va xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalariga tashakkurnomalar topshirildi. Xususan:
Yosh kadrlarni tizimli qoʻllab-quvvatlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlarini ish bilan taʼminlanishda faol hamkorligi uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi taqdirlandi.

Innovatsion yechimlarni joriy etish, jarayonlarni raqamlashtirish va taʼlim tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlovi uchun eng faol hamkor sifatida Raqamli texnologiyalar vazirligi taqdirlandi.

Iqtidorli bolalar va yoshlarni tarbiyalash, ularning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlashda faol hamkorligi uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi taqdirlandi.
Yoshlarning huquqiy savodxonligi oshirish, tanlov jarayonlarining huquqiy qoʻllab-quvvatlash va qonuniyligini taʼminlashda hamkorligi uchun Adliya vazirligi taqdirlandi.

Xalqaro dasturlarni ilgari surishda koʻmagi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlarini dunyo miqyosida huquq va manfaatlarini himoya qilishda hamkorligi uchun Tashqi ishlar vazirligi taqdirlandi.
Mamlakat kelajagini bunyod etadigan yetakchi va islohotchilarning yangi avlodini shakllantirish hamda yoshlarning tashabbus va loyihalarini qoʻllab-quvvatlashda faol hamkorligi uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi taqdirlandi.

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchixonasi ilmiy va taʼlim muloqotini kengaytirish hamda davlat xizmatchilari va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda faol hamkorligi va qoʻllab-quvvatlovi uchun taqdirlandi.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi Ilmiy va taʼlim muloqotini kengaytirish, yuqori malakali mutaxassislarning tayyorlashda, shuningdek, Oʻzbekiston madaniyatini targʻib qilishda koʻrsatgan faol hamkorligi uchun taqdirlandi.


