Maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi koʻp yillik fidokorona mehnati, yuksak ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi masʼul xodimi Gulnara Usmanova “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Gulnara Abdudjabarovna 40 yildan ziyod vaqt mobaynida davlat organlarida samarali faoliyat yuritib, yuksak kasbiy madaniyat, ishga sadoqat va yosh avlod tarbiyasiga masʼuliyat bilan yondashib kelmoqda. 2019-yildan beri u “El-yurt umidi” jamgʻarmasi jamoasining aʼzosi sifatida oʻzining boy tajribasi va bilimlarini yoshlar bilan faol ulashib, yangi avlod mutaxassislari va mamlakatning kelajak yetakchilarini shakllantirishga hissa qoʻshmoqda.
Jamgʻarma jamoasi Gulnara Usmanovani ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sogʻlik, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi!

