“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yilgi 1-ochiq tanlovi test va suhbat bosqichi natijalarida yuqori ball toʻplagan nomzodlar Jamgʻarma Boshqaruv kengashi qaroriga koʻra, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindori” deb eʼtirof etildi.
Tanlov gʻoliblariga Jamgʻarmaning stipendiya dasturiga qabul qilinganligi haqida rasmiy xatlar elektron pochta orqali yuborildi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi jamoasi gʻoliblarni samimiy muborakbod etadi va kelgusi oʻqishida muvaffaqiyat tilaydi!
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi oilasiga xush kelibsiz!

