Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlarni ragʻbatlashtirish maqsadida “The EYUF Awards” tanlovini e’lon qiladi.
“The EYUF Awards” barcha jihatlari bilan ilg‘or, O‘zbekiston va jamiyatga foydali tashabbus, yutuq hamda loyihalari bilan ajralib turgan stipendiatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Tanlovda hozirda xorijiy universitetlarda taʼlim olayotgan hamda oʻqishini tamomlab, Oʻzbekistonda oʻz mehnat faoliyatini davom ettirayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari ishtirok etishi mumkin.
Nominatsiyalar:
- “Yilning eng namunali stipendiati”
- “Yilning eng yaxshi akademik yutuqlari”
- “Yilning eng yosh yetakchi stipendiati”
- “Yilning eng namunali loyihasi”
- “Yilning eng yaxshi ilmiy loyihasi”
- “Oʻz kasbining ustasi”
- “Jamiyatga qoʻshgan ulkan hissasi uchun”
Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- tanlov arizasi;
- rezyume (CV);
- dalillar bilan tasdiqlangan yutuqlar portfeli (sertifikat, maqola, havolalar);
- loyihaga oid materiallar (taqdimot, maqola, video);
- ixtiyoriy ravishda 2 daqiqalik video-murojaat.
Arizangizni eyufawards@eyuf.uz pochtasi orqali yuboring hamda gʻoliblar qatorida boʻling.
Arizalar 2025-yil 5-sentabrga qadar qabul qilinadi.
“The EYUF Awards” — Uchinchi Renassans bunyodkorlarini kashf etamiz!

