Apellyatsiya komissiyasi “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi doirasida oʻtkazilgan suhbat natijalari yuzasidan nomzodlardan kelib tushgan murojaatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqdi. Belgilangan muddat ichida ariza yuborgan nomzodlarga koʻrsatilgan elektron pochta manziliga rasmiy javoblar yuborildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-77-son Farmoniga asosan, Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha stipendiya gʻoliblarining yakuniy roʻyxati tanlov yakunlangandan soʻng uzogʻi bilan bir oy muddat ichida Jamgʻarma Boshqaruv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi hamda eʼlon qilinadi.

