Bugun “El-yurt umidi” jamgʻarmasida “Navitas” xususiy taʼlim tashkilotining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasi boʻyicha hamda Global homiylar bilan aloqalar boʻyicha boshqaruvchi direktori Omid Honari hamda Rossiya va MDH mamlakatlari boʻyicha menejeri Alla Zavoronkova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Jamgʻarma ijrochi direktori Gulnoza Ismailova xorijiy oliy taʼlim massalari, shu jumladan Avstraliya universitetlari bilan oʻrnatilgan hamkorlik va erishilgan natijalar haqida maʼlumot berdi.
Tomonlar oʻzbekistonlik yoshlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, taʼlim xizmatlari qamrovini oshirish, chet elda oʻqishga kirish va tahsil olish jarayonlarini soddalashtirish hamda moslashuv davrida talabalarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.

