Ertaga, 9-iyul kuni “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichi boshlanadi.
Mazkur bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar va ularning suhbat kunlari roʻyxati hamda vaqtlari eʼlon qilingan.
Agar nomzodning suhbatda ishtirok etish kuni Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihoni sanasi bilan bir kunga toʻgʻri kelsa, ular oldindan Tanlov komissiyasiga @eyufadmissionbot bot orqali suhbatni boshqa sanaga koʻchirish haqida murojaat qilishi mumkin. Bunda nomzodlar tasdiqlovchi hujjat — abituriyent ruxsatnomasini ilova qilishlari kerak.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda ish yoki oʻqish maqsadida xorijda boʻlib turgan nomzodlar suhbat bosqichida onlayn shaklda ishtirok etishlari uchun ham alohida imkoniyat berilgan. Ushbu masala yuzasidan murojaatlar 7-iyul soat 23:59 ga qadar qabul qilingan.

