Suhbat bosqichida onlayn tarzda ishtirok etadigan nomzodlarning elektron pochta manzillariga suhbat sanasi va vaqti haqida maʼlumot hamda Zoom havolasi yuborildi.
Suhbatda onlayn shaklda ishtirok etadiganlar roʻyxati bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishingiz mumkin.
Eslatma: belgilangan vaqtda Zoom platformasiga ulanmagan nomzodlar suhbat bosqichidan chetlashtiriladi.
Suhbat bosqichida ishtirok etish uchun kameraga ega kompyuterdan foydalanish talab etiladi.
Nomzodlarga elektron pochtalarini tekshirish tavsiya etiladi.

