“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichi davom etmoqda. Ushbu bosqichda teng ishtirokni taʼminlash maqsadida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan nomzodlar uchun zarur sharoit va yengilliklar yaratilgan.
Xususan, ish yoki oʻqish tufayli xorijda boʻlib turgan nomzodlarga suhbatdan onlayn tarzda oʻtish imkoniyati berildi. Suhbat sanasi va oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari bilan bir kunga toʻgʻri kelgan taqdirda, abituriyentlarning murojaatlariga koʻra suhbatni boshqa kunga koʻchirish ruxsat etildi.
➖Bugungi kunda ish yoki oʻqish maqsadida xorijda boʻlib turgan nomzodlar suhbat bosqichida ONLAYN shaklda ishtirok etadiganlar va ularning suhbat kunlari roʻyxati hamda vaqtlari bilan ushbu HAVOLA orqali;
➖Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari sanasi bilan bir kunga toʻgʻri kelganligi sababli suhbat sanasi koʻchirilgan nomzodlar va ularning suhbat kunlari roʻyxati hamda vaqtlari bilan ushbu HAVOLA orqali tanishingiz mumkin.

