Jarayon ochiqlik, shaffoflik va tenglik tamoyillari asosida tashkil etilib, testlar nomzodlarning intellektual salohiyati, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyati hamda psixologik barqarorligini baholashga qaratildi.
Test natijalaridan norozi nomzodlar 3 ish kuni ichida (8-iyul soat 18:00 ga qadar) yozma yoki elektron tarzda Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin. Murojaatlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining review@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Shikoyatlar 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va natijasi haqida murojaatchiga xabar beriladi.

