“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi doirasida test sinovlaridan ozod etilgan 376 nafar nomzodning ro‘yxati bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishingiz mumkin.
Tanlov nizomiga muvofiq, tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda belgilangan muddatda o‘zining akademik salohiyatini tasdiqlovchi amaldagi xalqaro sertifikatlarni taqdim etgan nomzodlar test sinovlaridan ozod etiladi.
Mazkur nomzodlar keyingi bosqich — suhbatda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar.
Maʼlumot uchun:
Bir nafar nomzodning fuqarolik pasportining amal qilish muddati tugaganligi sababli, uning test sinovlarida ishtirok etish masalasi qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, yana bir nafar nomzod boshqa dasturlar doirasida ajratiladigan grant yoki stipendiyalar orqali toʻliq moliyalashtirilgani sababli, tanlov jarayonidan chetlashtirish masalasi Tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilmoqda.
❗️Eslatma: onlayn tarzda test topshiradigan nomzodlarga ZOOM havolasi onlayn platformada roʻyxatdan oʻtgan elektron manziliga (e-mail) yuboriladi. Nomzodlarga elektron pochtalarini muntazam ravishda tekshirib borish tavsiya etiladi.

