"El-yurt umidi" jamg‘armasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi doirasida 2025-yil 3-iyundan 16-iyungacha nomzodlarning hujjatlari jamg‘armaning 24/7 rejimida onlayn platforma orqali yagona tartib va teng imkoniyatlar asosida qabul qilindi.
Tanlov komissiyasining Texnik guruhi tomonidan birinchi bosqich saralash jarayonida nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning Tanlov nizom talablariga muvofiqligi hamda hujjatlarni to‘liq taqdim etilganligi tegishli tartibda o’rganildi va umumlashtirilgan holda Tanlov komissiyasiga taqdim etildi.
Tanlov komissiyasining qaroriga asosan, Nizom talablariga muvofiq bo’lgan 1352 nafar nomzodlar tanlovning 2-bosqichiga tavsiya etildi.
2-bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar ro‘yxati bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin
TANLOVNING 2-BOSQICHIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLAR UCHUN ESLATMA:
Bugungi kunda ish yoki o‘qish maqsadida xorijda bo‘lib turgan nomzodlardan tanlovning 2-bosqichi – test jarayonlarida ONLAYN ishtirok etish uchun Jamg‘armaning onlayn platformasida xorijdaligini tasdiqlovchi hujjatni yuklagan holda onlayn ishtirok shaklini tanlashi talab etiladi.
Agar siz O‘zbekistonda bo‘lsangiz, test sinovlarida OFLAYN shaklda ishtirok etishingiz lozim.
Test shaklini Jamg‘armaning onlayn platformasida 2025-yil 27-iyun soat 23:59 ga qadar tanlashingiz so‘raladi. Test shaklini tanlamagan nomzodlar avtomatik ravishda OFLAYN shaklda ishtirok etishadi.
Onlayn testda ishtirok etish istagini bildirgan xorijdagi nomzodlarga ruxsat berish masalasi Tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Stipendiya tanlovining ikkinchi bosqich — test sinovlari o‘tkaziladigan sana va joyi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

