Jamg‘armaning onlayn platformasida 8 623 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tdi.
Texnik guruh tomonidan kelib tushgan barcha hujjatlar to‘liq ko‘rib chiqilmoqda va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan nomzodlarga platformada bildirishnoma yuborilmoqda.
Nomzodlardan kelib tushayotgan takliflar asosida ularga qo’shimcha imkoniyat yaratish, attestat yoki diplom yuklash hamda boshqa kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida hujjatlarni qayta tahrir qilish muddati 2025-yil 23-iyun soat 18:00 ga qadar uzaytirildi.
❗️Eslatma: nomzodlarga platformadagi shaxsiy profillari orqali yuborilayotgan bildirishnomalarni muntazam ravishda tekshirib borish tavsiya etiladi.
❗️Yuqoridagi muddatdan keyin yuborilgan hujjatlar Texnik guruh tomonidan qayta ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qilamiz.

