Bugun “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda jamg‘arma ijrochi direktori, professor Gulnoza Ismailovaning yaqinda AQShga amalga oshirgan xizmat safari davomida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Xususan, stipendiatlar uchun viza tartiblarini soddalashtirish, O‘zbekiston va AQSh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalari kun tartibidan o‘rin oldi.

