Elvina Faridovna Mustafina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining Jamoatchilik bilan aloqalar va axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi.
Elvina Mustafina ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiya sohasida 10 yildan ortiq professional tajribaga ega. U turli vaqtlarda “Narodnoye slovo” gazetasi tahririyatida, Adliya vazirligining axborot xizmatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, “Yuksalish” harakati matbuot xizmatiga va Progressiv islohotlar markazining media boʻlimiga rahbarlik qilgan.
Ushbu tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga asosan amalga oshirildi.

