Prezident Administratsiyasining tegishli farmoyishiga muvofiq, Shuxrat Narimonovich Daminov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining ijrochi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sh. Daminov oʻz faoliyatini 2008-yilda Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasida boshlagan. Tayinlovga qadar 2019-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida boshqarma boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
Sh. Daminov Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiati sifatida Buyuk Britaniyaning Aberdin universitetida magistraturada tahsil olgan.
Sh. Daminov davlat boshqaruvi, bank va moliya tizimida xorijiy tajribaga ega, shuningdek, xalqaro iqtisodiy dasturlarda ishtirok etgan.

