Prezident Administratsiyasining tegishli farmoyishiga muvofiq, Davron Jalilovich Abdurashidov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktorning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
D. Abdurashidov Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tizimida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligida boshqarma boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
D. Abdurashidov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiati sifatida AQSHning Pensilvaniya universitetida magistraturada tahsil olgan.
D. Abdurashidov inson kapitali va strategik rejalashtirish hamda davlat boshqaruvi organlarida amaliy ish tajribasiga ega, xorijiy taʼlim, jumladan, xalqaro taʼlim dasturlarida ishtirok etgan.

