AQShning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri, "University of Arizona" da tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari Sherali Ozodov, Hamdam Qadirov, Xondamir Rasulov va Sarvarbek Usmonovlar universitetda har yili o‘tkaziladigan eng muhim ko‘rgazmalardan biri "iShowcase 2025"da o‘zlarining "MockSphere" nomli ta’limiy dastur loyihasi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, “Best Senior Capstone – Software” nominatsiyasida g‘olib bo‘lishdi.
MockSphere - bu sun’iy intellektga asoslangan onlayn intervyu tayyorlov platformasi bo‘lib, texnik kasblar uchun mo‘ljallangan real simulyatsiyalar, kod yozish muhiti va rezyume tahlilini taklif etadi.
Ushbu g‘oyaning amalga oshirilishi nafaqat talabalar, balki kelajakdagi yosh mutaxassislar uchun ham katta foyda keltiradi.
Bunday yutuqlar, albatta, yoshlarimizning xalqaro miqyosda raqobatlasha olish qobiliyati va “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlashning amaliy natijasidir.
EYUF axborot xizmati.

